Eron Hormuz bo‘g‘ozida ayrim kemalardan 2 mln dollardan olmoqda

eʼlon qilindi
Bu qaror mamlakat suverenitetini mustahkamlash va xavfsizlikni ta’minlash bilan izohlandi
Foto: Getty Images

Eron global savdo yo‘llarining eng muhim nuqtalaridan biri hisoblangan Hormuz bo‘g‘ozi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida yangi moliyaviy choralarni ishga tushirdi. Bu haqda Fox News xabar berdi.

Unga ko‘ra, ayrim tanker va yirik kemalardan bo‘g‘oz orqali o‘tish uchun $2 milliongacha tranzit to‘lovi undirilmoqda. Bu amaliyot allaqachon joriy etilgani aytilmoqda.

Eron parlamenti vakillaridan biri bo‘lgan Aloviddin Borujerdi bu qarorni mamlakat suverenitetini mustahkamlash va xavfsizlikni ta’minlash bilan izohladi. Uning ta’kidlashicha, «urush sharoitida xarajatlar ortadi va strategik hududlardan foydalanish bepul bo‘lishi mumkin emas».

Mazkur choralar so‘nggi yillarda keskinlashib borayotgan geosiyosiy vaziyat fonida qabul qilinayotgani qayd etilmoqda. Bu qaror xalqaro savdo yo‘nalishlari, ayniqsa neft tashish jarayonlariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Hormuz bo‘g‘ozi orqali dunyo neft savdosining muhim qismi o‘tadi. Shu sababli bu hududdagi har qanday o‘zgarish global bozorlar va logistika tizimiga sezilarli ta’sir qilishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tramp Hormuz bo‘g‘ozi 48 soat ichida ochilmasa, elektrostansiyalar yo‘q qilinishini aytgani haqida yozgandi.

Shuningdek