Geely Atlas avtomobili qanday imkoniyatlar bilan yangilandi

24-mart 2026 08:15 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Geely Atlas avtomobili qanday imkoniyatlar bilan yangilandi
Foto: Geely

Geely kompaniyasi Xitoyda yangilangan Boyue L (Geely Atlas) modelini taqdim etishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Autohome texnologiyalar nashri xabar bermoqda. Avtomobil oy oxirida rasman sotuvga chiqadi.

Yangilanishning asosiy jihati yangi H3 haydovchiga yordam tizimi bo‘ldi. Shuningdek, kuzov uchun Sunny Mountain Blue rang va aqlli yorug‘lik indikatsiyasi qo‘shilgan. Tashqi ko‘rinishda katta o‘zgarish yo‘q. Eng sezilarli yangilik yon oynalarda joylashgan ko‘kimtir chiroqlardir. Ular avtopilot yoqilganda avtomatik ravishda yonadi.

Foto: Geely

Avtomobil Qianli Haohan H3 tizimi bilan jihozlanadi. U uchta millimetrli radar, 11 ta HD kamera va 128 TOPS quvvatli hisoblash platformasidan iborat. Tizim magistral yo‘llarda yarim avtonom harakatlanishni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, aqlli parkovka yordamchisi ham mavjud.

Dvigatellar bo‘yicha rasmiy ma’lumot berilmagan. Ammo ular o‘zgarishsiz qolishi kutilmoqda. Bazaviy versiyada 1,5 litrli turbo motor 181 ot kuchi beradi. Yuqori versiyada esa 2,0 litrli motor 218 ot kuchiga ega. Har ikkisi 7 pog‘onali robot uzatma bilan ishlaydi.

Foto: Geely

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri yangi Geely Starshine 8 avtomobili sotuvga chiqqani haqida yozgan edi.

Shuningdek