
Chery va Jaguar Land Rover hamkorligidagi yangi elektromobil 31-mart kuni namoyish etiladi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda.
U Freelander nomi ostidagi ilk elektromobil bo‘ladi. Yangi Freelander alohida elektr brend sifatida yaratilmoqda. U Chery texnologiyalari va Jaguar Land Rover’ning premium tajribasini birlashtiradi.
Model katta 6 o‘rinli plug-in gibrid krossover bo‘ladi. Dizayni kvadrat shaklli va agressiv ko‘rinishda yaratilgan. U klassik Freelander uslubini eslatadi.

Old qismida to‘rtburchak LED faralar o‘rnatiladi. Tizerlarga ko‘ra, model «kichik Defender»ga o‘xshash bo‘lishi mumkin. Texnik jihatdan avtomobil 1,5 litrli turbo dvigatel va uchta elektromotor bilan jihozlanadi. Platforma sifatida Chery’ning E0X arxitekturasi qo‘llanadi.
Krossover zamonaviy texnologiyalarni oladi. Unda Huawei’ning aqlli haydov tizimi, CATL batareyalari va Qualcomm chipi bo‘lishi kutilmoqda. Brend global bozorga chiqishni rejalamoqda. Shu maqsadda Shanxay va Buyuk Britaniyada dizayn va tadqiqot markazlari tashkil qilingan.
Dilerlik tarmog‘i ham kengaymoqda. Hozircha 50 ta shaharda 60 dan ortiq dilerlar bilan kelishuv imzolangan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chery yangi Exeed EX7 uchun oldindan buyurtmalarni ochgani haqida yozgan edi.