«Sirdaryo» chegara posti orqali Qozog‘istonga harakat qayta tiklandi

O‘zbekiston – Qozog‘iston davlat chegarasidagi «Atameken» bojxona postida qurilish ishlari yakunlangani munosabati bilan harakat tiklandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, Sirdaryo viloyatidagi Sirdaryo chegara posti orqali yengil avtomobillar va fuqarolar harakati qayta yo‘lga qo‘yildi.
Endilikda chegaradan o‘tish jarayonlari sezilarli darajada soddalashtirilib, fuqarolar va haydovchilar uchun qulay hamda tezkor harakatlanish imkoniyati yaratildi.
Ma’lumot uchun, 2023-yil 15-fevralidan Qozog‘istonning «Qazigurt» («S.Najimov») va «Atameken» («Sirdaryo») o‘tkazish punktlari rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan piyodalar, avtobus, yengil va yuk ko‘tarish qobiliyati 3,5 tonnagacha bo‘lgan yuk avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik to‘xtatilgan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Najimov» chegara posti fuqarolar uchun qachon ochilishi noma’lum ekani haqida yozgandi.