So‘nggi besh yilda aholi jon boshiga YIM 80,5 foizga o‘sdi — ITIM

eʼlon qilindi
YIM
Tahlilga ko‘ra, kichik va o‘rta shaharlarda ham o‘sish kuzatilgan
So‘nggi besh yilda YIM 80,5 foizga o‘sdi — ITIM
Foto: Depositphotos

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan tayyorlangan tahlilga ko‘ra, O‘zbekistonda so‘nggi besh yil ichida aholi jon boshiga YIM 80,5 foizga o‘sdi. Bu ko‘rsatkich $2 mingdan $3,8 minggacha yetgan.

Eng katta o‘sish Toshkent shahrida qayd etilgan. Bu yerda aholi jon boshiga YIM $9,3 mingga yetgan. Shuningdek, Navoiy va Zarafshon shaharlari ham yuqori natijalarni ko‘rsatgan.

Samarqand, Qo‘qon va Andijon shaharlarida ham iqtisodiy faollik yuqori darajada bo‘lgan. Ularning ko‘rsatkichlari $6,7 – 7,2 ming atrofida shakllangan.

Foto: ITIM

Tahlilga ko‘ra, kichik va o‘rta shaharlarda ham o‘sish kuzatilgan. Termiz, Marg‘ilon va Chirchiq shaharlarida ko‘rsatkichlar $5 mingga yaqinlashgan.

Tumanlar kesimida esa eng katta o‘sish Toshkent shahri tumanlarida qayd etilgan. Ayrim hududlarda aholi jon boshiga YIM $10 mingdan oshgan.

Shuningdek, sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari yana bir muhim tendensiyani ko‘rsatdi. So‘nggi besh yilda urbanizatsiya tezlashgan. Yuqori iqtisodiy faollikka ega hududlar soni 22 tadan 31 taga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekiston iqtisodiyoti 2025-yilda 147 mlrd dollardan oshgani haqida yozgan edi.

Shuningdek