Li Auto sedanlardan nega voz kechmoqda

24-mart 2026 14:35 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Li Auto sedanlardan nega voz kechmoqda
Foto: Li Auto

Li Auto yaqin yillarda EREV sedanlar ishlab chiqarmasligini ma’lum qildi. Bu haqda kompaniya mahsulot liniyasi rahbari Tang Jing bayonot berdi.

Unga ko‘ra, yangi «range extender 3.0» dvigateli aynan L-seriyadagi krossoverlar uchun yaratilgan. Shu sababli uni sedan kuzovgа moslashtirish deyarli imkonsiz. Yangi dvigatel 1,5 litrli turbomotor bo‘lib, 154 ot kuchi ishlab chiqaradi. U Li Auto tomonidan mustaqil ishlab chiqilgan va Suzhou zavodida ishlab chiqariladi.

Foto: Li Auto

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu dvigatel sedanlarda xavfsizlik talablariga mos kelmaydi. Chunki u kapotga juda yaqin joylashadi va zarba zonasini qisqartiradi. Shuningdek, bu konstruksiya yo‘l oralig‘ini kamaytirishi mumkin. Bu esa avtomobil barqarorligi va xavfsizligiga salbiy ta’sir qiladi.

Shu bilan birga, yangi tizim krossoverlarda salon hajmini kengaytiradi. Old qismda qo‘shimcha joy ochilib, qulaylik oshirilgan. Yangi dvigatel ilk bor Li Auto L9 Livis modelida qo‘llanadi. Ushbu krossover 72,7 kVt/soat batareya bilan 300 km dan ortiq elektr yurish masofasini taqdim etadi.

Foto: Li Auto

Model narxi taxminan 559,8 ming yuan ($81,3 ming) atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Volkswagen Golf 9 avtomobili qanday imkoniyatlar bilan chiqishi haqida yozgan edi.

Shuningdek