Dollar 12 200 so‘mga yaqinlashdi: 25-mart uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
24-mart kuni 13,21 so‘mga oshib, 12 192,06 so‘mga yetgandi
Курс обмена валют: где выгодно купить доллар сегодня, 21 марта
Rasm SI yordamida yaratilgan

25-mart uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 3,94 so‘mga oshib, 12 196,00 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

16-mart kuni 20,76 so‘mga tushib, 12 081,63 so‘mni qayd etdi. 17-martdan 19-martga qadar o‘sish qayd etildi. Asosan, 17-mart kuni dollar 9,59 so‘mga oshib, 12 091,22 so‘mni, 18-martda 37,79 so‘mga oshib, 12 129,01 so‘mni va 19-martda 49,84 so‘mga oshib, 12 178,85 so‘mni tashkil etdi. 24-mart kuni 13,21 so‘mga oshib, 12 192,06 so‘mga yetdi.

Oxirgi besh kunlikdagi o‘zgarish

Grafik Chat GPT yordamida tayyorlandi / Kursiv Uzbekistan

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 56,7 so‘mga tushib, 13 996,48 so‘mni, rubl esa 3,54 so‘mga tushib, 143,00 so‘mni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan hafta davomida dollar qanday o‘zgargani haqida yozgan edi. 

Shuningdek