Honor 600 va 600 Pro modellari qanday texnik xususiyatlarga ega

24-mart 2026 17:34 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Honor 600 va 600 Pro modellari qanday texnik xususiyatlarga ega / Foto: The GEEK

Honor kompaniyasi Honor 600 modellar oilasini yangi Honor 600 va Honor 600 Pro smartfonlari bilan kengaytirishga tayyorlanmoqda. Bu haqda GSM Arena nashri ma’lum qildi.

Honor 600 va 600 Pro dizayni iPhone 17 Pro va iPhone 17 Pro Max modellari ilhomida yaratilgani seziladi. Har ikki model ham 6,57 dyuymli OLED ekran bilan jihozlangan bo‘lib, 120Hz yangilanish tezligi va «1.5K» ruxsatga ega ekanligi bildirildi. Qurilmalar Snapdragon 8-seriyali chipset bilan ishlaydi, ammo aynan qaysi chip modelidan foydalanilgani hozircha ma’lum emas.

Foto: GSM Arena

Telefonlarning asosiy kamerasi 200MP bo‘lib, OIS (optik stabilizatsiya) texnologiyasi bilan ta’minlangan. Honor 600 modeli faqat ultra keng burchakli kameraga ega bo‘lsa, Honor 600 Pro telefoto kamerani ham o‘z ichiga oladi. Ikkala modelda ham 9,000 mAh batareya, metall ramka va shisha orqa qoplama mavjud.

Hozircha mavjud tafsilotlar shular bilan cheklangan. Honor 600 va Honor 600 Pro modellari Yevropada keyingi bir necha hafta ichida rasmiy ravishda e’lon qilinishi kutilmoqda.

Foto: WinFuture

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Honor Magic V6 smartfoni ikki xil versiyada taqdim etilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek