2027-yilgi U-20 jahon chempionatining ayrim o‘yinlari O‘zbekistonda o‘tkaziladi

eʼlon qilindi
Loyiha qiymati $100 millionni tashkil etadi
Foto: Prezident.uz

Shavkat Mirziyoyev bugun, 24-mart kuni Yangi Toshkent hududida barpo etilayotgan zamonaviy futbol stadionining qurilish jarayoni bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, qurilish maydonida yer tekislash ishlari to‘liq yakunlangan, poydevorning asosiy qismi deyarli bitgan. Hozir esa metall konstruksiyalarni o‘rnatishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Foto: Prezident.uz

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda futbol infratuzilmasi jadal rivojlanib, yangi stadionlar va akademiyalar tashkil etildi. Agar 2017-yilda xalqaro talabga javob beradigan maydonlar soni juda kam bo‘lgan bo‘lsa, bugunga kelib ular bir necha barobarga oshgan.

Foto: Prezident.uz

Yangi stadion aynan yirik xalqaro musobaqalarni qabul qilish maqsadida qurilmoqda. Xususan, FIFA qaroriga ko‘ra, 2027-yilda O‘zbekiston va Ozarbayjonda o‘tkaziladigan 20 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi jahon chempionati doirasidagi muhim uchrashuvlar aynan shunday yirik sig‘imli arenalarda o‘tkaziladi.

Foto: Prezident.uz

Loyiha qiymati $100 millionni tashkil etadi. 55 ming tomoshabinga mo‘ljallangan stadion 6 qavatli bo‘lib, unda sportchilar, muxlislar va OAV vakillari uchun barcha zamonaviy qulayliklar yaratiladi. Shuningdek, hududda qo‘shimcha mashg‘ulot maydonlari, metro bekati va minglab avtomobillar uchun to‘xtash joylari barpo etilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan CAFA U-17 Championship 2026 turniri Toshkentda bo‘lib o‘tishi haqida yozgandi.

Shuningdek