iQOO Z11 smartfoni qachon taqdim etiladi

25-mart 2026 08:45 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
iQOO Z11 smartfoni qachon taqdim etiladi
Foto: Gizchina

iQOO yangi iQOO Z11 smartfonining taqdimot sanasini e’lon qildi. Bu haqda ITHome nashri xabar bermoqda. Qurilma 26-mart kuni rasman namoyish etiladi.

Modelning asosiy urg‘usi batareya va ekran tezligiga qaratilgan. Smartfon 9020 mAch sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanadi. 90 Vt tezkor zaryadlash qo‘llab-quvvatlanadi. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, batareya 20 foizdan 80 foizgacha 44 daqiqada to‘ladi.

Foto: IQOO

iQOO Z11 MediaTek Dimensity 8500 protsessori asosida ishlaydi. Qurilmada Monster Supercore Engine tizimi ham bor. Bu o‘yinlarda unumdorlikni oshirishga xizmat qiladi. AnTuTu testida smartfon 2,6 mln ballga yaqin natija ko‘rsatgan.

Ekran 6,83 dyuym bo‘lib, 165 Hz yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi. Sensor tizimi ham aynan shu yuqori chastota uchun optimallashtirilgan. Bu esa o‘yinlarda kechikishlarni kamaytiradi. Qurilma og‘irligi 216,5 grammni tashkil etadi. Qalinligi esa 8,25 mm bo‘lib, katta batareyaga qaramay nisbatan yupqa korpus saqlab qolingan.

Foto: IQOO

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri iQOO yangi Z11x smartfonini taqdim etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek