Xitoyda shashlik pishirishga ixtisoslashtirilgan ilk kollej ochildi

25-mart 2026 10:53 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Getty Images

Xitoyning Yueyan shahrida shashlik pishirishga ixtisoslashtirilgan ilk kollej ochildi. Bu haqda CNA nashri xabar berdi.

U yerda talabalar to‘g‘ri shashlik pishirish va boshqa ko‘mirda tayyorlanadigan taomlar bo‘yicha o‘qitiladi. Birinchi o‘quv yili uchun qabul allaqachon boshlangan.

Kollej shashlik sanoatini rivojlantirish, ziravorlar tayyorlash, go‘shtni qayta ishlash, sabzavotlarni tayyorlash, logistika hamda operatsion jarayonlarni o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Shu orqali malakali mutaxassislar tayyorlanadi va talabalar uchun turli darajadagi o‘quv dasturlari taqdim etiladi.

Yueyan shahrida 2 mingdan ortiq shashlik restoranlari faoliyat yuritadi va sohada taxminan 50 ming kishi ishlaydi. Sanoatning yillik aylanmasi 2 milliard yuan ($280 million)dan oshadi. O‘qituvchilar sifatida universitet professorlari, shashlik bo‘yicha tajribali mutaxassislar va mahalliy tadbirkorlar jalb qilinadi. Ta’lim tugagach taxminan 50 ta mahalliy restoran talabalarni stajirovka va ish bilan ta’minlashga tayyor.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yangiyo‘lda chumchuq go‘shtidan shashlik tayyorlagan choyxona rahbari jarimaga tortilgani haqida yozgandi.

Shuningdek