Surxondaryoda qo‘shmachilik qilgan ayolga sud hukmi o‘qildi

eʼlon qilindi
Unga 1 yil muddatda axloq tuzatish jazosi va Jinoyat kodeksining bir nechta moddasi bilan 2 yilga ozodlikni cheklash jazolari qo‘llanilgan
Surxondaryoda qo‘shmachilik qilgan ayolga sud hukmi o‘qildi
Foto: Unsplash

Surxondaryo viloyatida qo‘shmachilik faoliyati bilan shug‘ullangan ayol fosh etildi. Bu haqda «Milliy» telekanalining «Millar» ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

Sud ishi hujjatlarida qayd etilishicha, 1998-yil Sherobod tumanida tug‘ilgan ayol Termiz shahri Bog‘ishamol ko‘chasida joylashgan massajxonaga rahbarlik qilgan. U 2026-yil 13-fevral kuni tungi soat 01:00 atrofida mijozga jalb etilgan massajchi qiz bilan axloqsiz ishlarni qilishi uchun sharoit yaratib berishi evaziga 800 ming so‘m talab etgan. U o‘sha vaqtning o‘zida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Video: Milliy TV

Termiz shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha sudning chiqargan qaroriga ko‘ra, u Jinoyat kodeksining 131-moddasi 1-qismi, 131-moddasi 2-qismida nazarda tutgan jinoyatlarni qilganlikda aybdor deb topilgan.

Unga 1 yil muddatda axloq tuzatish jazosi va Jinoyat kodeksining bir nechta moddasi bilan 2 yilga ozodlikni cheklash jazolari qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan ming dollar evaziga harbiy xizmatga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek