O‘zbekistonning qator hududlarida sel toshqinlari xavfi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
Respublikaning 9 ta viloyatida
O‘zbekistonning qator hududlarida sel toshqinlari xavfi e’lon qilindi / Foto: Facebook

Joriy yilning 26 va 28–30-mart kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sababli respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel va suv toshqinlari xavfi e’lon qilindi. «O‘zgidromet» agentligi hududiy hokimliklar va favqulodda vaziyatlar xizmati fuqarolarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishga chaqirdi.

Xususan, sel va suv toshqinlari xavfi quyidagi hududlarda kuchayishi mumkin:

ViloyatHudud / Tumanlar / Shaharlar
QashqadaryoYakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor
SurxondaryoSariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot
SamarqandUrgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon
NavoiyXatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana
JizzaxZomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod
ToshkentOhangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq, Angren (shahar), Olmaliq (shahar)
NamanganPop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on
Farg‘onaSo‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq
AndijonAndijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat, Xonabod (shahar)

Shuningdek, ayrim hududlarda yomg‘ir suvlari to‘planishi natijasida hududlarni suv bosish xavfi mavjudligidan ogohlantirilmoqda.

Fuqarolarga xavfsizlikni ta’minlash maqsadida yuqoridagi hududlarda harakatlanishda ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish tavsiya etiladi. Hududiy hokimliklar va favqulodda xizmatlar zarur hollarda tezkor yordam ko‘rsatishga tayyor turadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda favqulodda holatlar haqida masjidlar orqali xabar berilishi haqida xabar qilgan edik.

Shuningdek