Tojikiston prezidenti O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi

26-27-mart kunlari Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Tashrif doirasida ikki mamlakat rahbarlari oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazadi hamda O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari raisligida Oliy davlatlararo kengashning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Kun tartibida siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va hududlararo hamkorlikni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasi va transport sohasida o‘zaro bog‘liqlikni rivojlantirish, suv va energetika xavfsizligini ta’minlash, madaniy va gumanitar almashinuvlarni davom ettirish masalalari muhim o‘rin tutadi.
Shuningdek, ikki tomonlama uchrashuvlar doirasida yangi qo‘shma loyihalarni ishga tushirish va ikki tomonlama hujjatlar paketini imzolash rejalashtirilgan bo‘lib, bu O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali qator masalalar haqida muloqot qilgan edi.