Dollar tushdi: 26-mart uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

26-mart uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 24,39 so‘mga pasayib, 12 171,61 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
16-mart kuni 20,76 so‘mga tushib, 12 081,63 so‘mni qayd etdi. 17-martdan 19-martga qadar o‘sish qayd etildi. Asosan, 17-mart kuni dollar 9,59 so‘mga oshib, 12 091,22 so‘mni, 18-martda 37,79 so‘mga oshib, 12 129,01 so‘mni va 19-martda 49,84 so‘mga oshib, 12 178,85 so‘mni tashkil etdi. 24-mart kuni 13,21 so‘mga oshib, 12 192,06 so‘mga, 26-mart kuni esa 3,94 so‘mga oshib, 12 196,00 so‘mga yetdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 23,41 so‘mga tushib, 14 711,85 so‘mni, rubl esa 1,94 so‘mga tushib, 149,80 so‘mni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan hafta davomida dollar qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.