Hande Erchel hibsga olinadi, Muhammad Saloh «Liverpul»ni tark etadi — 25-mart kungi yangiliklar dayjesti

eʼlon qilindi
Kursiv Uzbekistan 25-mart kuni e’lon qilingan yangiliklarning muhimlarini bir joyga jamladi
Kollaj / Kursiv Uzbekistan

Kursiv Uzbekistan 25-mart kuni e’lon qilingan yangiliklarning muhimlarini bir joyga jamladi.

Buyuk Britaniyada 8-apreldan boshlab viza narxlari oshiriladi

Foto: hotcoursesabroad.com

Buyuk Britaniyada 2026-yilning 8-aprelidan boshlab qator viza turlari va immigratsiya xizmatlari uchun to‘lovlar miqdori oshiriladi. Tariflarning o‘zgarishi qisqa va uzoq muddatli sayohat, tranzit hamda yashash huquqini beruvchi vizalarni qamrab oladi.

Yangi tariflarga ko‘ra, olti oygacha bo‘lgan qisqa muddatli tashrif vizasi narxi 8 funt ($10)ga qimmatlab, 135 funt ($171) etib belgilandi. Ikki yillik viza uchun to‘lov 475 funt ($603)dan 506 funt ($643)ga, o‘n yillik viza uchun esa 1059 funt ($1345)dan 1128 funt ($1433)ga ko‘tarildi. Olti oydan bir yilgacha bo‘lgan muddatga keluvchi akademiklar uchun viza narxi 220 funt ($279)dan 234 funt ($297)ga oshirilgan.

«O‘rgimchak odam: Yangi Kun» treyleri tarixda birinchi marta 1 milliarddan ortiq ko‘rildi

Foto: IMDB

Sony kompaniyasi taqdim etgan yangi «O‘rgimchak odam: Yangi Kun» filmi treyleri, bosh qahramon sifatida Tom Holland bilan, 1,1 milliarddan ortiq ko‘rilish yig‘ib, tarixiy rekord o‘rnatdi. Bu haqda Variety nashri xabar berdi.

Spider-Man: Brand New Day - Official Trailer

Treyler birinchi 24 soat ichida 718,6 million tomosha to‘plagan va avvalgi rekordni, «Deadpool va Rosomaxa» treylerining 365 millionini ortda qoldirgan. Hozirgi kunda treyler nafaqat filmlar, balki video o‘yinlar orasida ham eng ko‘p ko‘rilgan bo‘lib, GTA VI treylerini ham ortda qoldirdi.

Muhammad Saloh mavsum yakunida «Liverpul»dan ketadi

Foto: Liverpoolfc.com

Muhammad Saloh 2025/26-yilgi mavsum oxirida «Liverpul» klubini tark etadi. Hujumchi va klub o‘rtasida «Enfild»dagi uzoq yillik hamkorlikni yakunlash bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Foto: Liverpoolfc.com

Futbolchi 24-mart kuni Instagram sahifasida klubdan ketishini bildirib post joyladi. Saloh 2017-yilning yozida Italiyaning «Roma» klubidan transfer qilingan edi. 11-raqam egasi klub tarixidagi eng yaxshi o‘yinchilardan biriga aylandi. Misrlik hujumchi jamoa bilan Chempionlar ligasi, ikki marta Premyer-liga, Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati, UEFA Superkubogi, Angliya kubogi va 2 ta Liga kubogini yutishga muvaffaq bo‘lgan.

Xitoyda shashlik pishirishga ixtisoslashtirilgan ilk kollej ochildi

Foto: Getty Images

Xitoyning Yueyan shahrida shashlik pishirishga ixtisoslashtirilgan ilk kollej ochildi. Bu haqda CNA nashri xabar berdi. U yerda talabalar to‘g‘ri shashlik pishirish va boshqa ko‘mirda tayyorlanadigan taomlar bo‘yicha o‘qitiladi. Birinchi o‘quv yili uchun qabul allaqachon boshlangan.

Kollej shashlik sanoatini rivojlantirish, ziravorlar tayyorlash, go‘shtni qayta ishlash, sabzavotlarni tayyorlash, logistika hamda operatsion jarayonlarni o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Shu orqali malakali mutaxassislar tayyorlanadi va talabalar uchun turli darajadagi o‘quv dasturlari taqdim etiladi.

Surxondaryoda qo‘shmachilik qilgan ayolga sud hukmi o‘qildi

Surxondaryoda qo‘shmachilik qilgan ayolga sud hukmi o‘qildi
Foto: Unsplash

Surxondaryo viloyatida qo‘shmachilik faoliyati bilan shug‘ullangan ayol fosh etildi. Bu haqda «Milliy» telekanalining «Millar» ko‘rsatuvida ma’lum qilindi. Sud ishi hujjatlarida qayd etilishicha, 1998-yil Sherobod tumanida tug‘ilgan ayol Termiz shahri Bog‘ishamol ko‘chasida joylashgan massajxonaga rahbarlik qilgan.

U 2026-yil 13-fevral kuni tungi soat 01:00 atrofida mijozga jalb etilgan massajchi qiz bilan axloqsiz ishlarni qilishi uchun sharoit yaratib berishi evaziga 800 ming so‘m talab etgan. U o‘sha vaqtning o‘zida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

JCh chiptalari sabab FIFA ustidan Yevrokomissiyaga shikoyat yuborildi — tafsilotlar

FIFA ustidan Yevrokomissiyaga shikoyat yuborildi — tafsilotlar
Foto: Pexels

FIFA Jahon chempionati chiptalari narxi sabab Yevropaning Euroconsumers va Football Supporters Europe tashkilotlari Yevrokomissiyaga rasmiy shikoyat yubordi. Bu haqda Politico nashri ma’lum qildi. Shikoyatga ko‘ra, FIFA Jahon chempionati chiptalari savdosida monopol mavqeyidan foydalanmoqda. Tashkilotlar narxlar sun’iy ravishda oshirilayotgani va muxlislar uchun noqulay shartlar qo‘yilayotganini ta’kidlamoqda.

Unda aytilishicha, chiptalar toifalari va joylashuvi haqida yetarli ma’lumot berilmaydi. Bundan tashqari, o‘zgaruvchan narx tizimi sabab chiptalar vaqt o‘tishi bilan yanada qimmatlashmoqda. Rasmiy ravishda $60 dan boshlanadigan chiptalar amalda juda cheklangan.

Turkiyada Hande Erchel va uning sobiq yigitini hibsga olishga orden berildi

Fotо: Instagram / hakansabanci

Istanbul Bosh prokuraturasi tomonidan taqiqlangan moddalarga qarshi o‘tkazilayotgan keng ko‘lamli operatsiya doirasida aktrisa Hande Erchel va boshqa taniqli shaxslarni hibsga olishga order berildi. Bu haqda Hurriyet nashri xabar bermoqda. Ta’kidlanishicha, mazkur tergov harakatlari jamoat axloqi va oilaviy qadriyatlarni himoya qilish maqsadida boshlangan. Operatsiya davomida jami 16 nafar gumondorga nisbatan order chiqarilgan bo‘lib, ularning 14 nafari politsiya uchastkasiga olib kelingan.

Dollar tushdi: 26-mart uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

Dollar tushdi: 26-mart uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
Foto: Depositphotos

26-mart uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 24,39 so‘mga pasayib, 12 171,61 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

16-mart kuni 20,76 so‘mga tushib, 12 081,63 so‘mni qayd etdi. 17-martdan 19-martga qadar o‘sish qayd etildi. Asosan, 17-mart kuni dollar 9,59 so‘mga oshib, 12 091,22 so‘mni, 18-martda 37,79 so‘mga oshib, 12 129,01 so‘mni va 19-martda 49,84 so‘mga oshib, 12 178,85 so‘mni tashkil etdi. 24-mart kuni 13,21 so‘mga oshib, 12 192,06 so‘mga, 26-mart kuni esa 3,94 so‘mga oshib, 12 196,00 so‘mga yetdi.

Shuningdek