Enterprise Uzbekistan: raqamli texnologiyalar uchun xalqaro markaz tashkil etiladi

eʼlon qilindi
Mazkur markaz uchun 2100-yilgacha amal qiladigan maxsus huquqiy rejim joriy etilishi ko‘zda tutilgan
Какие изменения ввели в Узбекистане с 1 марта
Foto: Maria Baranova / Unsplash

Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan loyihaga ko‘ra, O‘zbekistonda Enterprise Uzbekistan brendi ostida Raqamli texnologiyalar xalqaro markazini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur markaz uchun 2100-yilgacha amal qiladigan maxsus huquqiy rejim joriy etilishi ko‘zda tutilgan. Unda yangi texnologik yechimlarni regulyator qumdoni asosida sinovdan o‘tkazish, ish haqlarini xorijiy valyutada to‘lash, xalqaro mehnat standartlarini joriy etish hamda shaxsiy ma’lumotlarni zamonaviy bulutli texnologiyalar asosida qayta ishlash imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, markazda intellektual mulkni himoya qilish, startaplar va investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, eksportni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratiladi. Bojxona va soliq bo‘yicha ham bir qator yengilliklar berilishi rejalashtirilgan.

Markaz faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida sun’iy intellekt texnologiyalari, raqamli transformatsiya, ilmiy tadqiqotlar, sertifikatlashtirish, startaplar va ma’lumotlar markazlari belgilangan.

Rejalarga ko‘ra, 2030-yilgacha ushbu markaz orqali mingtagacha kompaniya jalb etish, 300 mingdan ortiq ish o‘rni yaratish va $5 milliardlik eksport salohiyatiga chiqish ko‘zda tutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent xalqaro moliya markazi qanday tashkil etilishi haqida yozgandi.

Shuningdek