Samsung Galaxy A57 ilk bor 512 GB xotira bilan chiqdi — narxi 840 dollar

26-mart 2026 09:29 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Max Jambor / SamMobile

Samsung kompaniyasining yangi Galaxy A57 modeli 512 GB xotira va Wi‑Fi 6E texnologiyasi bilan chiqdi. Bu haqda Sammobile nashri xabar berdi.

Eng asosiy o‘zgarish bu model ilk bor 512 GB ichki xotira bilan taqdim etilmoqda. Top versiyada 12 GB operativ xotira bilan birga keladigan ushbu variant $840 ga baholangan.

Shuningdek, Galaxy A57 yana bir jihat bilan ajralib turadi: u flagman bo‘lmagan Samsung smartfonlari orasida birinchi bo‘lib Wi‑Fi 6E texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu esa 6 GHz diapazonida tezroq va barqaror internet aloqasini ta’minlaydi.

Qurilmaning boshqa konfiguratsiyalari ham mavjud: boshlang‘ich 8/128 GB versiya $580 dan boshlanadi, 8/256 GB esa $645 etib belgilangan.

Yangilanishlar bilan birga narxlar ham oshgan, masalan, bu model avvalgi Samsung Galaxy A56 ga nisbatan qimmatroq.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung rasman Galaxy A57 va A37 smartfonlarini taqdim etgani haqida yozgandi.

Shuningdek