O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari muzokaralarni boshladi
eʼlon qilindi
Tarbid Koʻksaroy qarorgohida o‘tkazildi

Toshkentda Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmonning davlat tashrifi munosabati bilan rasmiy kutib olish marosimi oʻtkazildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Koʻksaroy qarorgohida oʻtkazilgan tadbirda Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qutlab, shohsupaga taklif etdi. Marosim davomida ikki mamlakat davlat bayroqlari koʻtarildi, faxriy qorovul saf tortdi va harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston hamda Tojikiston madhiyalari yangradi.

Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan oʻtib, rasmiy delegatsiya a’zolarini qutladilar. Shundan so‘ng, pPrezidentlar birgalikda suratga tushib, muzokaralarni boshladilar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Emomali Rahmon Toshkentda qanday kutib olingani haqida yozgan edik.

