Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 2025-yilda eng yuqori daromadni qayd etdi

eʼlon qilindi
Zarar bo‘yicha birinchi o‘rinda Navoiy davlat pedagogika instituti — 93,81 mlrd so‘m
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 2025-yilda eng yuqori daromadni qayd etdi / Foto: Facebook

2025-yilda O‘zbekiston davlat OTMlarining daromad va zarar ko‘rsatkichlari ma’lum qilindi. Jami daromad bo‘yicha Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti yetakchilik qilgan holda 909,5 mlrd so‘m tushumga erishdi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti 649,95 mlrd so‘m bilan ikkinchi o‘rinni egalladi, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti esa 571,17 mlrd so‘m bilan uchinchi pog‘onaga chiqdi.

Oliy ta’lim muassasasiJami daromad (mlrd so‘m)
1Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti909.49
2Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti649.95
3Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti571.17
4O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti535.35
5Buxoro davlat universiteti476.47
6Farg‘ona davlat universiteti410.64
7Urganch davlat universiteti396.49
8Samarqand davlat universiteti379.41
9Chirchiq davlat pedagogika universiteti360.66
10Namangan davlat universiteti348.50

Sof foyda ko‘rsatkichida esa Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti 77,72 mlrd so‘m bilan eng yuqori natijaga erishdi, Qarshi davlat texnika universiteti va Andijon davlat texnika instituti mos ravishda 57,8 va 33,77 mlrd so‘m sof foyda bilan yetakchi o‘rinlarda bo‘ldi.

Oliy ta’lim muassasasiDaromadXarajatSof foyda
1Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti571.17493.45+77.72
2Qarshi davlat texnika universiteti288.17230.36+57.80
3Andijon davlat texnika instituti153.18119.41+33.77
4Chirchiq davlat pedagogika universiteti360.66335.57+25.09
5Farg‘ona davlat texnika universiteti225.44201.25+24.20
6O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti535.35511.77+23.58
7Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti909.49886.24+23.25
8Samarqand iqtisodiyot va servis instituti149.76127.75+22.01
9Buxoro davlat texnika universiteti203.98183.07+20.90
10Namangan davlat texnika universiteti217.55200.90+16.65

Shu bilan birga, Navoiy davlat pedagogika instituti 93,81 mlrd so‘m zarar bilan eng ko‘p manfiy balansga ega bo‘lgan muassasa sifatida qayd etildi. Zarar ko‘rgan boshqa oliy ta’lim muassasalari orasida Qo‘qon davlat pedagogika instituti, Namangan davlat universiteti va Qarshi davlat universiteti ham borligi qayd qilindi.

Oliy ta’lim muassasasiDaromadXarajatZarar
1Navoiy davlat pedagogika instituti264.87358.68−93.81
2Qo‘qon davlat pedagogika instituti36.82110.55−73.73
3Namangan davlat universiteti348.50413.24−64.74
4Qarshi davlat universiteti265.97326.59−60.62
5Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti29.7276.51−46.79
6Urganch davlat universiteti396.49432.62−36.13
7Termiz davlat universiteti312.63348.70−36.07
8Termiz davlat pedagogika instituti132.65168.02−35.37
9Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti649.95680.98−31.04
10Samarqand davlat universiteti379.41406.89−27.48

Eslatib o‘tamiz, 2025/2026-o‘quv yili uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorini oliy ta’lim muassasalari rektorlari (direktorlari) mustaqil belgiladi.

Shuningdek