Bangladeshda avtobus daryoga qulab tushdi, qurbonlar bor — video

Markaziy Bangladeshning Rajbari tumanida avtobus paromga chiqayotgan paytda Padma daryosiga qulab tushdi. Hodisa oqibatida kamida 18 kishi halok bo‘ldi, deya xabar berdi Daily Star nashri.
Avtobus ichida taxminan 40 nafar yo‘lovchi bo‘lgan, ulardan 18 kishining jasadi suvdan chiqarildi — ular orasida 4 erkak, 10 ayol va 2 bola bor edi. Politsiya va mahalliy manbalarga ko‘ra, 11 yo‘lovchi o‘z kuchi bilan qirg‘oqa chiqa olgan.

Hodisa 17:15 da sodir bo‘lib, kichik Hasna Hena nomli parom pontonga kuchli zarba berishi natijasida avtobus nazoratni yo‘qotib, daryoga qulab tushgan. Ba’zi yo‘lovchilar suvga tushib qutulishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lsa, aksariyati avtobus ichida qolib ketgan. Mahalliy aholi dastlabki qutqaruv ishlarini boshlagan, keyinchalik Paturia va Arichadan kelgan g‘avvoslar ham yordamga qo‘shilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kolumbiyada harbiy samolyot qulashi oqibatida 66 kishi halok bo‘lgan edi.