Toshkentdagi qurilish mollari do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi — video

eʼlon qilindi
Yong‘in 18:42 da to‘liq o‘chirilgan
Toshkentdagi qurilish mollari do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi / Foto: FVV

26-mart kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan qurilish mollari sotiladigan do‘konda yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, yong‘in haqida soat 18:15 da xabar kelib tushgan. Voqea joyiga qutqaruv ekipajlari soat 18:24 da yetib bordi va soat 18:36 da yong‘in qurshab olingan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Yong‘inni o‘chirish ishlari davom ettirildi va soat 18:42 da to‘liq o‘chirilgan. Vaziyat butunlay nazoratga olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri Shayxontohur tumanida joylashgan Park in Mall oilaviy ko‘ngilochar savdo markazida yong‘in sodir bo‘lgan edi.

Shuningdek