Asiana Airlines Seul – Toshkent yo‘nalishidagi parvozlarni qayta tiklaydi
eʼlon qilindi
30-martdan boshlab

2026-yil 30-martdan boshlab Asiana Airlines aviakompaniyasi Seul — Toshkent — Seul yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni qayta boshlaydi. Bu haqda Uzbekistan Airports ma’lum qildi.
Parvozlar bahor faslida dushanba, chorshanba va juma kunlari, yoz va kuz faslida esa shanba kunlari yo‘lga qo‘yiladi. Reyslar keng fyuzelyajli Airbus A330-300 samolyotlarida amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, mazkur yo‘nalishdagi parvozlar o‘tgan yilning oxirida vaqtincha to‘xtatilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston 2030-yilgacha aviatsiyaga 3,5 milliard dollargacha sarmoya kiritishi haqida yozgan edik.