«Chiroqni yoqing!»: yangi Garri Potter seriali tanqidlarga uchradi

27-mart 2026 08:42 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Videodan olindi

HBO taqdim etgan yangi Garri Potter seriali treyleri muxlislar orasida turlicha fikr uyg‘otdi. Ba’zilar loyihani iliq kutib olgan bo‘lsa, boshqalar aktyorlar tanlovi va ayrim syujet qarorlarini tanqid qildi.

Гарри Поттер и Философский камень — Русский трейлер (Субтитры, 2026)

Eng ko‘p e’tiroz esa serialning haddan tashqari qorong‘i vizual uslubiga qaratildi. Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar sahnalar juda xira ekanini, hatto ayrim joylarda tasvirni ko‘rish qiyinligini hazil va tanqid bilan muhokama qilmoqda.

Muxlislarning ta’kidlashicha, avvalgi filmlarda qorong‘i atmosfera asta-sekin kuchayib borgan va bu Lord Voldemort ta’sirining ortishi bilan bog‘liq edi. Yangi serialda esa bu kayfiyat boshidan kuchli berilgani ko‘pchilikka g‘alati tuyulgan.

Ba’zi tomoshabinlar ranglar palitrasi va yoritish uslubi boshqa zamonaviy filmlarga o‘xshab ketayotganini ham qayd etmoqda. Hatto ayrimlar buni budjetni tejash yoki kamchiliklarni yashirishga urinish bilan izohladi.

Shunga qaramay, ayrim muxlislar yangi talqinni qiziqish bilan kutayotganini bildirdi. Serialning birinchi mavsumi 25-dekabr kuni namoyish etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, loyiha J. K. Rowling kitoblari asosida yetti qismga bo‘linadi va uzoq muddatga mo‘ljallangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «O‘rgimchak odam: Yangi Kun» treyleri tarixda birinchi marta 1 milliarddan ortiq ko‘rilgani haqida yozgandi.

Shuningdek