Alimentning eng kam miqdori qanchaga oshadi

eʼlon qilindi
Hozirgi tartibda har bir bola uchun to‘lov eng kam ish haqining 26,5 foizidan kam bo‘lmasligi kerak
Alimentning eng ham miqdori qanchaga oshadi
Foto: Pexels

O‘zbekistonda alimentning eng kam miqdorini oshirish rejalashtirilmoqda. Bu boradagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Hozirgi tartibda har bir bola uchun to‘lov eng kam ish haqining 26,5 foizidan kam bo‘lmasligi kerak. Bu summa hozirda 336 ming so‘mni tashkil etadi. Yangi taklifga muvofiq, aliment miqdori minimal iste’mol xarajatlariga bog‘lanadi. Ayni paytda bu ko‘rsatkich 715 ming so‘m atrofida.

Qonun loyihasida ajrashish jarayoniga ham o‘zgartishlar kiritilmoqda. Sud tomonidan er-xotinga beriladigan yarashish muddati 6 oydan 1 yilgacha uzaytirilishi mumkin. Shuningdek, sud yarashish muddati belgilagan taqdirda, bu haqdagi ma’lumot 3 kun ichida «elektron hukumat» tizimiga kiritilishi shart bo‘ladi.

Yana bir muhim yangilik – voyaga yetmagan farzandi bo‘lmagan er-xotinlar uchun qo‘shimcha talab joriy etiladi. Endi ular FHDY orqali sudsiz ajrashishi uchun kamida 1 yil nikohda bo‘lgan bo‘lishi kerak. Mazkur cheklov oilaviy zo‘ravonlik holatlariga tatbiq etilmaydi. Bu orqali jabrlangan shaxslarning huquqlari himoya qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri aliment to‘lovchilar uchun xorijda ishlash imkoniyati yaratilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek