FIFA Series: O‘zbekiston Gabon termasini yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

27-mart 2026 20:56 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: O‘FA

FIFA Series turnirining dastlabki uchrashuvida O‘zbekiston terma jamoasi Gabon ustidan irodali g‘alabaga erishdi. Hisobda ortda borayotgan mezbonlar uch gol bilan javob berdi.

Uchrashuvda tezkor gol kiritildi. Birinchi bo‘limning 6-daqiqasida Gabon hisobni ochdi. Jarima maydonchasiga uzatilgan to‘pni raqib futbolchisi Averlant darvozaga joylab qo‘ydi. Javob ham o‘zini ko‘p kuttirmadi. 14-daqiqada Eldor Shomurodov muvozanatni tikladi.

Ikkinchi taymni Fabio Kannavaro shogirdlari hujumkor boshladi. 59-daqiqada mezbonlar o‘z maqsadiga erishdi. Standart vaziyatdan Jahongir O‘rozov unumli foydalanib, boshi bilan darvozani ishg‘ol qildi. Alisher Odilov uchrashuvga nuqta qo‘ydi, hisob 3:1.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasining FIFA Series turniridagi navbatdagi uchrashuvi 30-mart kuni Venesuela termasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekstan FIFA Series 2026 taqvimi e’lon qilingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek