Ikki oy ichida qariyb 9 ming o‘zbekistonlik Misrga tashrif buyurdi

eʼlon qilindi
O‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan Misrga borganlar soni 2,2 ming nafarga kamaygan
Foto: Pexels.com

2026-yilning yanvar-fevral oylarida jami 8 890 nafar O‘zbekiston fuqarosi turli maqsadlarda Misrga safar qilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Taqdim etilgan raqamlarga ko‘ra, fuqarolarning ko‘pchiligi turizm yo‘nalishini tanlagan. Xususan, 8,4 ming nafar o‘zbekistonlik aynan sayohat maqsadida ushbu davlatga borgan.

Boshqa maqsadlarda safar qilganlar soni sezilarli darajada kamroqni tashkil etadi. Ularning 424 nafari qarindoshlarini yo‘qlash, 2 nafari o‘qish va 1 nafari davolanish uchun Misrga yo‘l olgan.

Umumiy ko‘rsatkich 2025-yilning dastlabki ikki oyi bilan solishtirilganda pasayish dinamikasini ko‘rsatmoqda. Mamlakatga boruvchilar oqimi o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan 2,2 ming nafarga qisqargan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Misr va O‘zbekiston gepatitga qarshi preparatlarni ishlab chiqarishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek