Galaxy S27 Ultra yangi avlod tezkor xotirasi bilan jihozlanishi mumkin

eʼlon qilindi
Qurilmaga TSMC 2nm texnologiyasiga asoslangan yangi avlod Snapdragon 8 Elite Gen 6 Pro o‘rnatilishi kutilmoqda
Foto: MT Today

Samsung kompaniyasining Galaxy S27 Ultra smartfoni birinchilardan bo‘lib LPDDR6 tezkor xotirasi hamda Snapdragon 8 Elite Gen 6 Pro protsessoriga ega bo‘lishi mumkin. Bu o‘zgarishlar qurilmaning sun’iy intellekt va o‘yinlardagi unumdorligini sezilarli darajada oshirishi aytilmoqda.

LPDDR6 xotirasi yuqori o‘tkazuvchanlik va quvvat samaradorligini ta’minlaydi. Bu ko‘p vazifali rejim, ilovalarni yuklash va sun’iy intellekt amallarini tezlashtirishga yordam beradi. Hozirgi flagman smartfonlar asosan LPDDR5X xotirasidan foydalanmoqda.

Foto: gizmochina.com

Yangi qurilmaga o‘rnatilishi kutilayotgan Snapdragon 8 Elite Gen 6 Pro protsessori TSMC kompaniyasining 2 nanometrli (nm) jarayonida ishlab chiqarilishi belgilangan. U «Adreno 850» grafik protsessori (GPU) va 18 MB GMEM bilan ta’minlanishi xabar qilingan. Standart versiyada esa 12 MB GMEM hajmiga ega «Adreno 845» qo‘llanishi kutilmoqda. Protsessorlarning har ikkisi 2+3+3 arxitekturasida ishlaydi.

Samsung o‘zining Exynos 2700 va Exynos 2800 chiplarini ishlab chiqayotgan bo‘lsa-da, dastlabki hisobotlarga ko‘ra, Ultra modeli ko‘plab bozorlarda Qualcomm protsessorlarida qoladi. Yangi avlod xotirasi va murakkab apparat ta’minoti sababli Galaxy S27 Ultra narxi joriy avlod smartfonlaridan qimmatroq bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S26 Ultra old kamerasi kattalashishi kutilayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek