Jizzaxda O‘zbekiston – Vengriya ilmiy-innovatsion texnoparki ochildi

eʼlon qilindi
Ikki mamlakat universitetlari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish maqsadida
Jizzaxda O‘zbekiston – Vengriya ilmiy-innovatsion texnoparki ochildi / Foto: «Dunyo» AA

O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida ilmiy hamda innovatsion hamkorlikni kengaytirish doirasida Jizzaxda yangi texnopark ochildi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

O‘zbekistonning Vengriyadagi elchixonasi diplomatlari ushbu yo‘nalishda hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Obuda universiteti prorektori Piter Galambosh va rektor vakili Antal Nemet bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi, oliy ta’lim muassasalari, sanoat kompaniyalari, startaplar hamda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi.

Muzokaralar yakunida Jizzax shahrida O‘zbekiston – Vengriya ilmiy-innovatsion texnoparkining rasmiy ochilishi e’lon qilindi. Mazkur texnopark oliy ta’lim va fan sohasida hamkorlikni mustahkamlash, ilmiy tadqiqotlarning amaliy samaradorligini oshirish hamda universitetlar va sanoat o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan.

Shuningdek, texnopark olimlar, muhandislar, tadbirkorlar va investorlar uchun platforma vazifasini bajarib, ilmiy g‘oyalarni amaliy va tijorat yechimlariga aylantirish imkonini beradi. Vengriya tomoni o‘zbekistonlik hamkorlarning loyihalarda faol ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda Tojikiston elchixonasining yangi binosi ochilgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek