Lotus Eletre X avtomobili sotuvga chiqdi

30-mart 2026 07:54 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Lotus Eletre X avtomobili sotuvga chiqdi
Foto: Lotus

Xitoyda Lotus kompaniyasining yangi Lotus Eletre X gibrid avtiomobili sotuvga chiqarildi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda. Modelning boshlang‘ich narxi $73,5 mingni tashkil etdi.

Avtomobil 0 dan 100 km/soatgacha atigi 3,3 soniyada tezlashadi. U 70 kVt/soatli batareya bilan jihozlangan bo‘lib, elektr rejimida 420 km masofani bosib o‘ta oladi. Model ikki xil komplektatsiyada taqdim etildi. Asosiy versiya 2 litrli turbo dvigatel va ikkita elektromotor bor. Umumiy quvvat 939 ot kuchiga yetadi.

Foto: Jianchao

Krossover 21 dyuymli disklar, pnevmatik osma va L2 darajadagi avtopilot tizimi bilan jihozlangan. Salonida uchta ekran, panoramik tom va 23 ta KEF audio tizimi o‘rnatilgan. Old o‘rindiqlar isitish, shamollatish va massaj funksiyasiga ega.

Yuqori darajadagi SE versiya $80,7 ming turadi. U Navigate On Autopilot tizimi, faol stabilizator va elektroximik panoramik tom bilan ajralib turadi.

Foto: Jianchao

Lotus Eletre X 5 yoki 4 o‘rinli variantda taklif qilinadi. Orqa qatordagi kreslolar ham massaj va isitish funksiyasiga ega.

Modelning uzunligi 5,1 metrni tashkil etadi. Bagaj hajmi 688 litr. U 2,25 tonnagacha yuk torta oladi. Gibrid rejimda yoqilg‘i sarfi 0,06–0,07 litrni tashkil etadi. Batareya bo‘sh holatda esa 6 litr atrofida yonilg‘i sarflaydi. To‘liq zaxira bilan yurish masofasi 1400 km dan oshadi.

Foto: Lotus

Yangi model 30-martdan boshlab xaridorlarga yetkazib beriladi. Global bozorlarda esa u 2026-yil yozida sotuvga chiqishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Lotus Eletre X avtomobili uchun buyurtmalar boshlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek