Nikol Pashinyanga cherkovda hujum qilishga urinish to‘xtatildi

eʼlon qilindi
Hodisa ibodat yakunida sodir bo‘lgan
Nikol Pashinyanga cherkovda hujum qilishga urinish bo‘ldi
Foto: Aqorda_resmi

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanga Yerevandagi Avliyo Anna cherkovida hujum qilishga urinish to‘xtatildi. Bu haqda Armenia Today nashriga tayanib Kursiv Qozog‘iston xabar berdi.

Hodisa ibodat yakunida sodir bo‘lgan. Pashinyan qo‘riqchilar hamrohligida cherkovni tark etayotgan paytda mojaro yuzaga kelgan. Guvohlarning aytishicha, erkaklardan biri xavfsizlik xodimlari bilan tortishib qolgan. U bosh vazirga qarata keskin gaplar aytgan va qo‘riqchilar tomonidan chetga surilgan.

Shundan so‘ng yana ikki kishi Pashinyanga yaqinlashib, hujum qilishga uringan. Biroq xavfsizlik xodimlari ularni darhol to‘xtatgan. Gumonlanuvchilar voqea joyida qo‘lga olingan. Armaniston Ichki ishlar vazirligi uch shaxsga nisbatan ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Ular bezorilik va davlat xizmatchisining faoliyatiga aralashishda ayblanmoqda.

Keyinchalik yana bir shaxs ushlangani ma’lum bo‘ldi. Natijada ish bo‘yicha uch nafar gumonlanuvchi borligi tasdiqlandi.

Bosh vazir Pashinyan esa hodisadan so‘ng izoh berib, hech kimni qo‘lga olish bo‘yicha alohida ko‘rsatma bermaganini aytgan.

«Politsiya o‘z vakolatlarini bajarish uchun qo‘shimcha topshiriqqa muhtoj emas», — degan u jurnalistlarga.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Armanistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek