Cobalt’dan BYD’gacha: Toshkentda 8 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

eʼlon qilindi
YTH
Uchta Cobalt, ikkita Spark, shuningdek BYD, Matiz va Lacetti rusumidagi avtomobillar to‘qnashgan
Foto: Videodan olindi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 28-mart kuni bir nechta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi (YTH) yuz berdi. Hodisa Chinni bozor yaqinida sodir bo‘lgan, deya xabar berdi poytaxt Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi

Unga ko‘ra, avariyada jami sakkizta mashina — uchta Cobalt, ikkita Spark, shuningdek BYD, Matiz va Lacetti rusumidagi avtomobillar to‘qnashgan. Hodisa oqibatida bir nafar yo‘lovchi tan jarohati olib, unga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Hozircha avariyaning aniq sabablari ochiqlanmagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda hodisa oqibatlari aks etgan. Ayrim taxminlarga ko‘ra, to‘qnashuvga BYD avtomobilini boshqargan haydovchining boshqaruvni yo‘qotgani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Baliqchi tumanida yuk mashinasi urib yuborgan 9 yoshli bola vafot etgani haqida yozgandi.

Shuningdek