Zeekr 007 GT avtomobili Xitoyda to‘liq sotildi — tafsilotlar

30-mart 2026 09:31 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Zeekr 007 GT avtomobili Xitoyda to‘liq sotildi: tafsilotlar
Foto: Zeekr

Zeekr kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan Zeekr 007 GT modeli Xitoyda to‘liq sotilib bo‘ldi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar berdi.

Kompaniya 2026-yilning ikkinchi choragida modelning yangilangan versiyasini taqdim etishni rejalashtirmoqda. Yangi model 900 voltli elektr platforma bilan jihozlanadi. Shuningdek, unda Nvidia Drive Thor-U chipiga asoslangan haydovchiga yordam tizimi qo‘llanadi.

Tashqi dizaynda katta o‘zgarishlar kutilmayapti. Avtomobil deyarli avvalgi ko‘rinishini saqlab qoladi. Faqat ayrim o‘lcham va detallarda kichik yangilanishlar bo‘ladi. Model uzunligi 4,8 metr atrofida bo‘ladi. G‘ildirak bazasi esa 2925 mmni tashkil etadi.

Yangilangan versiya ikki xil variantda taqdim etiladi. Bir motorli versiya 370 kVt quvvatga ega bo‘ladi. Ikki motorli versiyada old va orqa elektromotorlar birgalikda ishlaydi. Avvalroq ushbu model qatorida maksimal quvvat 784 ot kuchigacha yetishi mumkinligi aytilgan edi.

Zeekr 007 GT ilk bor 2025-yil 15-aprelda taqdim etilgan. Model panoramik tom, ramkasiz eshiklar va zamonaviy dizayni bilan ajralib turadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Zeekr avtomobilini 7 daqiqada zaryadlash imkoniyati yaratilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek