
Bugun, 30-mart kuni O‘zbekiston milliy jamoasi FIFA Series xalqaro turniri doirasida Venesuela terma jamoasiga qarshi navbatdagi uchrashuvni o‘tkazadi.

Mazkur bahs FIFA Series xalqaro o‘rtoqlik turnirining navbatdagi bosqichi hisoblanadi. O‘yin poytaxtdagi «Bunyodkor» stadionida soat 19:00 da boshlanishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, musobaqaning birinchi turida O‘zbekiston terma jamoasi Gabon ustidan 3:1 hisobida ishonchli g‘alabaga erishgan edi.
Hisobni dastlab afrikaliklar ochgan bo‘lishiga qaramay, O‘zbekiston vakillari o‘yin taqdirini o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi. Mezbonlar jamoasi tarkibida Eldor Shomurodov, Jahongir O‘rozov va Alisher Odilov raqib darvozasiga bittadan gol kiritishdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekstan FIFA Series 2026 taqvimi e’lon qilingani haqida xabar bergan edi.