1-avgustdan eskirgan avtomobilni topshirganda avtokredit foizi qoplanadi

eʼlon qilindi
1-may sanasidan boshlab har oyning 10 va 25-sanalarida «Avtomobilsiz kun» hamda «Avtomobilsiz hafta» aksiyalari o‘tkaziladi
Foto: Transport vazirligi

O‘zbekistonda shu yilning 1-may sanasidan boshlab har oyning 10 va 25-sanalarida «Avtomobilsiz kun» hamda «Avtomobilsiz hafta» aksiyalari o‘tkaziladi. Bu haqda prezident farmoni e’lon qilindi.

Farmonga ko‘ra, davlat fuqarolik xizmatchilari bu kunlarda xizmat avtotransport vositalaridan foydalanishi mumkin emas. Agar aksiya kunlari ish kunlariga to‘g‘ri kelsa, haydovchilarning ish haqi saqlanadi.

Shuningdek, 1-avgustdan trade-in dasturi doirasida eskirgan transport vositalarini topshirgan jismoniy va yuridik shaxslarga yangi avtomobil xaridi uchun avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi.

Ekologik tadbirlar doirasida 2026-yil yakuniga qadar Toshkent shahri «qizil», «sariq» va «yashil» zonalariga ajratiladi, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida esa chang bo‘ronlariga qarshi «yashil devor»lar barpo etilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan qurilish obyektlarida ekologik ekspertiza va ko‘kalamzorlashtirish majburiy qilingani haqida xabar bergandi.

Shuningdek