Hindistonga kirishda qog‘oz DE-kartalaridan foydalanish to‘xtatiladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
1-apreldan boshlab
Hindistonga kirishda qog‘oz DE-kartalaridan foydalanish to‘xtatiladi / Foto: Airport technology

2026-yil 1-apreldan boshlab Hindistonga kirishda qog‘oz shakldagi immigratsiya kartalari (DE-kartalar) ishlatilmaydi. Barcha xorijiy fuqarolar elektron kelish kartasini oldindan to‘ldirishlari majburiy bo‘ladi.

Endilikda mamlakatga kelishdan kamida 72 soat oldin e-Arrival Card (elektron kelish kartasi) onlayn tarzda to‘ldirilishi lozim. Kartani Hindiston viza xizmatining rasmiy veb-sayti (indianvisaonline.gov.in/earrival) yoki Su-Swagatam mobil ilovasi orqali shakllantirish mumkin.

Qog‘oz shakldagi anketalar faqat 2026-yil 31-martgacha amal qiladi. Shu sababli, xorijiy fuqarolar Hindistonga uchishdan oldin elektron kartani to‘ldirish orqali pasport nazorati va immigratsiya jarayonlarida kechikishlarning oldini olishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniyada 8-apreldan boshlab viza narxlari oshirilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek