Leapmotor D19 avtomobili qachon taqdim etiladi

31-mart 2026 11:10 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Leapmotor D19 avtomobili qachon taqdim etiladi
Foto: Leapmotor

Xitoyning Leapmotor kompaniyasi yangi Leapmotor D19 modelini 16-aprel kuni taqdim etadi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda. Model allaqachon oldindan buyurtmaga ochilgan.

Yangi avtomobil yirik o‘lchamlari bilan ajralib turadi. Uzunligi 5252 mm, g‘ildirak bazasi 3110 mmni tashkil qiladi. Dizaynda uzluksiz yorug‘lik chiziqlari va zamonaviy LED faralar qo‘llangan. D19 salonida texnologiyaga katta e’tibor qaratilgan. Avtomobil 60 dyuymli AR-HUD displey, katta markaziy ekran va raqamli panel bilan jihozlangan. Ichkarida simsiz zaryadlash, aqlli hid tizimi va sovitkich ham mavjud.

Foto: Leapmotor

Model 5, 6 va 7 o‘rindiqli variantlarda taklif etiladi. Ikkinchi qatorda «nol gravitatsiya» o‘rindiqlari ham mavjud. Texnologik jihatdan avtomobil Qualcomm chiplariga asoslangan ilg‘or tizim bilan jihozlangan. Bu haydovchiga yordam beruvchi funksiyalarni yuqori darajaga olib chiqadi.

D19 ikki xil versiyada chiqadi. EREV varianti 1.5T dvigatelga ega bo‘lib, 80,3 kWh batareya bilan jihozlangan. U faqat elektrda 500 kmgacha yuradi. Umumiy quvvati 536 ot kuchini tashkil qiladi.

Foto: Leapmotor

To‘liq elektr versiyasi esa 1000V tizim asosida ishlaydi. Unda 115 kWh batareya mavjud. Bu model 720 kmgacha yurish imkonini beradi. Umumiy quvvat 724 ot kuchiga yetadi. Yangi model ekstremal sinovlardan ham o‘tgan. Avtomobil muz va qor sharoitida bir vaqtning o‘zida ikkita shina yorilishi sinovini muvaffaqiyatli bajargan.

Foto: Leapmotor

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Damas narxidagi Leapmotor A10 avtomobili taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek