Toshkentning beshta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi

eʼlon qilindi
Ta’mirlash ishlari munosabati bilan Yakkasaroy, Yangihayot, Mirzo Ulug‘bek, Sergeli va Uchtepa tumanlarining ayrim hududlarida uzilishlar kuzatilmoqda
Foto: UzA.uz

Toshkent shahrining beshta tumanida, xususan, Yakkasaroy, Yangihayot, Mirzo Ulug‘bek, Sergeli va Uchtepa tumanlarida 31-mart kuni tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda «Hududgaz Poytaxt» gaz ta’minoti filiali xabar bermoqda.

Gaz ta’minotidagi uzilishlar turli tumanlarda turlicha vaqt oraliqlarida amalga oshiriladi. Yakkasaroy tumanidagi «Shoxjahon» MFY hamda Yangihayot tumanidagi «Yangi turmush» MFYda soat 11:00 dan 13:00 gacha gaz o‘chiriladi. Xuddi shu vaqt oralig‘ida Mirzo Ulug‘bek tumanining Alisher Navoiy, Geologlar, Jasorat va Geofizika mahallalarida ham ta’minot to‘xtatiladi.

Sergeli tumanidagi «Sohibqiron», «Yangi Sergeli», «Ezgulik» va «Ziynat» MFYlarida, shuningdek, Uchtepa tumanining Katta Qani mahallasida esa uzilishlar soat 10:00 dan 12:00 gacha davom etadi. Rasmiy xabarda ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti to‘liq qayta tiklanishi ta’kidlangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samarqandda salkam 1 milliard so‘mlik tabiiy gaz «o‘g‘irlangani» haqida xabar bergan edi.

Shuningdek