Qashqadaryo va Toshkentda 1,1 mlrd so‘mlik energiya talon-toroj qilindi

eʼlon qilindi
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda
Qashqadaryo va Toshkentda 1,1 mlrd so‘mlik energiya talon-toroj qilindi
Foto: Departament

Qashqadaryo viloyati va Toshkent shahrida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi. Umumiy zarar 1,1 mlrd so‘mdan oshgan.

Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reydda Yakkabog‘ tumanida «I.F.» MChJ mansabdorlari savdo majmuasida elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatgani fosh etildi. Natijada 601,6 mln so‘mlik elektr energiyasi noqonuniy ishlatilgani aniqlangan.

Toshkent shahrining Sergeli tumanida esa «H.S.» MChJ mas’ullari ishlab chiqarish sexida gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanish qilgani ma’lum bo‘ldi. Ular 514,1 mln so‘mlik tabiiy gazdan tijorat maqsadida noqonuniy foydalangan.

Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samarqandda qalbaki alkogol savdosiga chek qo‘yilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek