WhatsApp CarPlay foydalanuvchilari uchun alohida ilovani sinovdan o‘tkazmoqda

eʼlon qilindi
TestFlight platformasi orqali
WhatsApp CarPlay foydalanuvchilari uchun alohida ilovani sinovdan o‘tkazmoqda / Foto: BGR

WhatsApp CarPlay foydalanuvchilari uchun alohida ilovani beta bosqichida sinovdan o‘tkazmoqda. Bu haqda TechCrunch nashri ma’lum qildi.

Yangi WhatsApp for CarPlay ilovasi TestFlight platformasi orqali mavjud bo‘lib, foydalanuvchilar chat ro‘yxatlari, kontakt ma’lumotlari, profil rasmlari va qo‘ng‘iroq tarixini ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, avtomobil ekranida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘ng‘iroq boshlash mumkin, ammo xavfsizlik sababli xabar yuborish faqat ovozli buyruqlar orqali amalga oshiriladi.

Ilova yorqin va qorong‘i rejimlarni qo‘llab-quvvatlaydi hamda o‘qilmagan chatlar uchun alohida bo‘limni ko‘rsatish imkonini beradi. Bu foydalanuvchilarga chatlarni tez va qulay nazorat qilish imkonini beradi.

Hozirgi CarPlay uchun WhatsApp versiyasidan farqli o‘laroq, yangi ilova faqat Siri orqali interaktsiyaga tayanmaydi, balki foydalanuvchilarga ilovaning boshqa funksiyalarini ko‘rish imkonini ham beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Instagram’da yangi pullik obuna paydo bo‘lishi mumkinligi haqida yozgan edik.

Shuningdek