O‘zbekistonda budjet hisobi standarti xalqaro standartlarga muvofiqlashtirildi

eʼlon qilindi
Budjet hisobi standarti davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
Yuqori xavfli elektron hisobvaraq-fakturalar ulushi 10 foizdan oshmasligi belgilandi
O‘zbekistonda budjet hisobi standarti xalqaro standartlarga muvofiqlashtirildi / Foto: Facebook

O‘zbekistonda budjet hisobi standarti xalqaro buxgalteriya standartlari talablariga muvofiq yangilandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 1-sonli Budjet hisobi standarti davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu standart «Hisob siyosati, hisob baholaridagi o‘zgarishlar va xatolar» bo‘yicha yangi qoidalarni o‘z ichiga oladi.

Yangi standart Xalqaro davlat sektori buxgalteriya standartlari – IPSAS 3 (International Public Sector Accounting Standard) talablariga asoslanadi. Unda hisob siyosati va baholardagi o‘zgarishlar hamda xatolarni tuzatish va hisobga olish qoidalari, shuningdek, ularni perspektiv va retrospektiv qo‘llash hamda qayta hisoblash tartiblari belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent xalqaro moliya markazida yettita yo‘nalishda ishlashga ruxsat berilishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek