Samsung ayrim flagman smartfonlari narxini oshiradi

31-mart 2026 18:56 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Samsung ayrim flagman smartfonlari narxini oshiradi / Foto: Reboxed

Samsung kompaniyasi xotira chiplarining qimmatlashishi fonida Janubiy Koreyada ba’zi flagman smartfonlari narxini oshirishga qaror qildi. Bu haqda Samaa nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2026-yil 1-apreldan Galaxy Z Fold 7, Galaxy Z Flip 7 va Galaxy S25 Edge modellari narxi oshiriladi. Narx o‘sishi ayniqsa ko‘p xotirali versiyalarni qamrab oladi: 512 GB modeli taxminan $65, 1 TB modeli esa taxminan $130 qimmatlashadi. Boshqa konfiguratsiyalar narxida esa o‘zgarishlar kutilmayapti.

Bundan oldin Samsung o‘rta sinf smartfonlari, jumladan, Galaxy A56 va Galaxy A36 modellari narxini ham oshirgan, chunki ushbu segmentda kompaniyaning foyda marjasi pastroq edi.

Hozircha narx oshishining boshqa bozorlarga ta’siri aniqlanmagan. Agar Samsung Janubiy Koreyadan tashqarida ham bu modellar narxini oshirishga qaror qilsa, bu sotuvlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung Galaxy A seriyasida AirDrop funksiyasi joriy etilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek