Farg‘onada fuqarolar nomiga 170 mln so‘m kredit rasmiylashtirilgan shaxslar aniqlandi

eʼlon qilindi
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda
Farg‘onada fuqarolar nomiga 170 mln so‘m kredit rasmiylashtirilgan shaxslar aniqlandi
Foto: Kursiv Uzbekistan

Farg‘ona viloyatida fuqarolar nomiga 170 mln so‘m kredit rasmiylashtirgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, Marg‘ilon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda hududiy tijorat bankining Toshloq filialiga aloqador xodimlar aniqlangan. Ular fuqarolarning pasport va boshqa hujjatlarini qo‘lga kiritgan.

Shundan so‘ng gumonlanuvchilar fuqarolar nomidan o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida mikroqarz shartnomalarini rasmiylashtirgan. Bu jarayon axborot tizimlari orqali amalga oshirilgan. Tekshiruv davomida jami 170 mln so‘m mablag‘ noqonuniy o‘zlashtirilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining firibgarlik va hujjatlarni qalbakilashtirishga oid moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Toshkentda pora olayotgan Qurilish vazirligi xodimi qo‘lga olingani haqida yozgan edi.

Shuningdek