Iroq Boliviyani yengib, JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan so‘nggi jamoaga aylandi

1-aprel 2026 11:17 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: Ashard Al-Awsat

Meksikaning Monterrey shahrida bo‘lib o‘tgan o‘yinda Iroq terma jamoasi Boliviyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, 2026-yilgi Jahon chempionatining so‘nggi – 48-yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Foto: Instagram

Dastlab birinchi bo‘limning 10-daqiqasida Ali Al-Hamadi Iroqni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 38-daqiqada Moyzes Paniagua muvozanatni tikladi. Hal qiluvchi golni 53-daqiqada Aymen Husayn kiritdi va bu Iroqqa g‘alabani taqdim etdi. Bungacha Iroq qit’alararo pley-offga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma olgan bo‘lsa, Boliviya o‘tgan haftada o‘zining yarim finalida Surinam ustidan irodali g‘alabaga erishgan edi.

Ma’lumot uchun, Yevropa mintaqasida ham Jahon chempionati saralashning oxirgi play-off bahslari yakunlandi. Unga ko‘ra Bosniya, Shvetsiya, Turkiya va Chexiya yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Shunday qilib Jahon chempionatida barcha guruhlar shakllandi va terma jamoalar o‘z raqiblarini bilib olishdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo mintaqasida «A» guruhidan joy olib, Eron terma jamoasi bilan birga Jahon chempionatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Italiya terma jamoasi ketma-ket 3-marta Jahon chempionatiga chiqa olmagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek