Endi yo‘l qoidabuzarligi uchun jarima to‘g‘ridan to‘g‘ri haydovchiga yoziladi

eʼlon qilindi
Transport vositasini boshqarayotgan shaxs yo‘l qoidalarini buzsa, jarima bevosita uning nomiga rasmiylashtiriladi
Foto: AutoStrada

Endilikda transport vositasini boshqarayotgan shaxs yo‘l qoidalarini buzsa, jarima bevosita uning nomiga rasmiylashtiriladi. Bu haqda hukumat qarori e‘lon qilindi.

Unga ko‘ra, 2026-yil 1-apreldan boshlab, transport vositasini fuqarolik-huquqiy asosda boshqarayotgan shaxsga nisbatan yo‘l qoidabuzarligi uchun javobgarlikni rasmiy o‘tkazish imkoniyati yaratiladi.

Bu jarayon quyidagi platformalar orqali amalga oshiriladi:

  • my.gov.uz (YAIDXP) portali;
  • Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining mobil ilovasi.

Transport egasi tizimda shaxsiy kabinet ochib, ariza (so‘rovnoma) to‘ldiradi va boshqarish huquqi berilgan muddatni ko‘rsatadi.

Boshqaruvchi shaxs esa ushbu ma’lumotlarni tasdiqlaydi hamda kelgusida jarimalar o‘z nomiga rasmiylashtirilishiga rozilik bildiradi. Tasdiqlash elektron raqamli imzo, Mobile-ID yoki Face-ID orqali amalga oshiriladi. Ushbu xizmatdan foydalanish uchun BHMning 10 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

Shuningdek, endilikda avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma 5 yil muddatga beriladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Damas avtomobilining orqa o‘rindiqlarini olib tashlash tartibi qandayligi haqida yozgandi.

Shuningdek