Toshkent xalqaro moliya markazi bo‘yicha qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi

eʼlon qilindi
Mutaxassislar, investorlar va tadbirkorlar loyiha yuzasidan o‘z fikr va takliflarini 16-aprelga qadar taqdim etishlari mumkin

O‘zbekistonda Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etishga oid konstitutsiyaviy qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga chiqarildi. Hujjatda maxsus huquqiy rejim, xalqaro sud tizimi va uzoq muddatli soliq imtiyozlari nazarda tutilgan.

Unga ko‘ra, Toshkent xalqaro moliya markazi mamlakat hududida alohida huquqiy maqomga ega bo‘lgan maxsus zona sifatida faoliyat yuritadi.

Loyihada markaz hududida Angliya umumiy huquqi tamoyillarini joriy etish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, mustaqil xalqaro tijorat sudi va Toshkent xalqaro arbitraj markazi faoliyati yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda.

Hujjat moliyaviy institutlar, jumladan banklar, sug‘urta kompaniyalari, islomiy va yashil moliya tashkilotlari hamda raqamli aktivlar bilan ishlovchi subyektlar uchun alohida tartiblarni belgilaydi. Bundan tashqari, markaz hududida 2076-yilgacha amal qiladigan soliq imtiyozlari ham nazarda tutilgan.

Mutaxassislar, investorlar va tadbirkorlar loyiha yuzasidan o‘z fikr va takliflarini 16-aprelga qadar taqdim etishlari mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent xalqaro moliya markazida yettita yo‘nalishda ishlashga ruxsat berilishi haqida yozgandi.

Markaz hududida quyidagi faoliyat turlari bilan shug‘ullanish mumkin:

  • moliyaviy, investitsiya va bank xizmatlari;
  • sug‘urta va raqamli (kripto) aktivlar bilan ishlash;
  • qimmatli qog‘ozlar bozori operatsiyalari;
  • to‘lov tizimlari va xizmatlari;
  • islomiy va «yashil» moliya;
  • moliyaviy texnologiyalar (fintex) xizmatlari;
  • auditorlik, konsalting va yuridik xizmatlar.
Shuningdek