
Dongfeng Motor Corporation tarkibidagi Voyah yangi Taishan X8 modelini rasman namoyish qildi. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda. Yangi model yirik besh o‘rinli SUV bo‘lib, u elektr va plug-in gibrid versiyalarda taklif etiladi.
Modelning asosiy yangiliklaridan biri HarmonyOS tizimining eng so‘nggi avlodi bilan jihozlanganidir. Salonda ikkita 15,6 dyuymli 2K ekran o‘rnatilgan bo‘lib, ular mustaqil yoki birgalikda ishlay oladi. Taishan X8 o‘lchamlari ham katta segmentga mos. Uzunligi 5200 mm, g‘ildirak bazasi 3090 mmni tashkil etadi. Bu uni yirik SUVlar qatoriga olib chiqadi.

Texnik jihatdan model 800V platformaga asoslangan. U 5C tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Plug-in gibrid versiyasi 65 kWh batareya bilan 310 km gacha elektr yurish zaxirasini taqdim etadi. To‘liq elektr versiya ham e’lon qilindi. Unda 120 kWh gacha batareya bo‘lishi mumkin.
Bu esa modelni brendning eng yirik elektr SUVlaridan biriga aylantiradi.

Yangi model 2026-yilning ikkinchi yarmida sotuvga chiqishi kutilmoqda. Narxi hali e’lon qilinmagan, ammo u yuqori darajadagi Taishan modelidan arzonroq bo‘lishi taxmin qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan AQSh senatori Xitoy avtomobillarini taqiqlashni taklif qilgani haqida yozgan edi.