«Tashabbusli budjet»da 47 loyiha qo‘shimcha g‘olib deb topildi

Joriy yilgi «Tashabbusli budjet» 1-mavsumi doirasida 47 ta loyiha qo‘shimcha mablag‘ ajratilishi bilan g‘olib deb e’lon qilindi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.
Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tomonidan g‘olib bo‘lmagan loyihalarni moliyalashtirish maqsadida mahalliy budjetdan qo‘shimcha 18,2 mlrd so‘m ajratildi. Shu mablag‘ hisobidan 47 ta loyiha qo‘shimcha ravishda g‘olib deb topildi va moliyalashtirish huquqi berildi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan g‘olib loyihalarni e’lon qilish vakolati berilgan. Ushbu tartib loyihalarni moliyalashtirish jarayonini soddalashtirish va ijtimoiy ahamiyatga ega tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
G‘olibdeb topilgan loyihalar ro‘yxati bilan ushbu rasmiy havola orqali tanishish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, «Tashabbusli budjet»ning 1-mavsumida qariyb 2 mingta loyiha gʻolib deb topilgan edi.