Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning qator tumanlarida sezildi

eʼlon qilindi
O‘sh hududida qayd etilgan 4,2 magnitudali yer qimirlashi Andijon viloyatida sezilgan
Foto: AK Preparedness

2-aprel kuni soat 04:28 da Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh hududida 4,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Ushbu tabiiy hodisa O‘zbekistonning chegaradosh tumanlarida ham o‘z kuchini ko‘rsatdi.

Zilzila episentri Toshkent shahridan 345 km janubiy-sharqda joylashgan bo‘lib, uning o‘chog‘i 10 km chuqurlikda qayd etildi. Zilzila kuchi, asosan, Andijon viloyatining qator tumanlariga ta’sir qilgan.

O‘zbekiston hududida yer silkinishining eng yuqori kuchi episentrdan 25 km uzoqlikdagi Xonobod va 34 km uzoqlikdagi Qo‘rg‘ontepa tumanlarida qayd etilib, u yerda sezilish darajasi 3 ballni tashkil qildi.

Shuningdek, Jalaquduq (53 km), Xo‘jaobod (54 km), Buloqboshi (67 km), Paxtaobod (75 km) va Andijon (76 km) tumanlarida zilzila kuchi 2 ball darajasida sezilgan. Hozircha talafotlar yoki jabrlanganlar haqida rasmiy ma’lumot mavjud emas.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Buxoroda 3 balli zilzila yuz bergani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek