Qamchibek Tashiyevning akasi Qirg‘izistonga 46 mln dollar qaytaradi

eʼlon qilindi
«Qirg‘izneftgaz»dagi korrupsiya ishi doirasida qo‘lga olingan sobiq deputat davlatga 4,1 mlrd som zarar yetkazganlikda ayblanmoqda
Shayirbek Tashiyev / Foto: QR IIV

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq rahbari Qamchibek Tashiyevning akasi, sobiq deputat Shayirbek Tashiyev «Qirg‘izneftgaz» ishi bo‘yicha qo‘lga olindi. U davlatga yetkazilgan 4,1 mlrd som ($46 mln) miqdoridagi zarar yetkazgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dastlabki zarar 4,1 mlrd somdan oshadi hamda o‘z ichiga boy berilgan foyda va to‘lanmagan soliqlarni oladi. Tergov jarayonida neft mahsulotlari vositachi kompaniyalar orqali olinib, keyinchalik davlatga qarashli Qirg‘iz Petroleum Kompaniyasi zavodiga qayta sotilgani va noqonuniy daromad olingani aniqlangan.

«Qirg‘izneftgaz» bo‘yicha korrupsiya ishi 2026-yilning mart oyida soliq xizmatining surishtiruvlari e’lon qilinganidan so‘ng qo‘zg‘atilgan edi. Soliq xizmati Tashiyevlar oilasining neft sohasidagi harakatlari oqibatida davlat budjeti 4 mlrd somdan ortiq mablag‘ yo‘qotganini ma’lum qilgan.

Mazkur ish doirasida Qamchibek Tashiyevning jiyani Baygazi Matisakov va «Qirg‘izneftgaz»ning bir qator sobiq rahbarlari ham qamoqqa olingan. Voqealar fonida mamlakatga qaytgan Qamchibek Tashiyev guvoh sifatida so‘roq qilingan bo‘lsa, Qirg‘iziston Milliy banki rahbari Melis Turg‘unboyev lavozimidan ozod etilib, uy qamog‘iga olingan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qamchibek Tashiyev ikkita jinoyat ishi bo‘yicha so‘roq qilinayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek